Biz haqimizda
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4354-son qaroriga asosan axborot-kutubxona markazi tashkil etilgan.
Xiva shahar axborot-kutubxona markazi
Xiva shahar axborot-kutubxona markazi — bu aholiga ilmiy, badiiy, ijtimoiy va madaniy ma'lumotlarni taqdim etuvchi zamonaviy axborot muassasasi bo'lib, quyidagi faoliyatlarni amalga oshiradi:
- Bosma va elektron axborot manbalari bilan ta'minlash
- Ilmiy-tadqiqot faoliyatini axborot bilan qo'llab-quvvatlash
- Elektron kutubxona va raqamli resurslar bazasini yuritish
- Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish
- Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazish
- Ta'lim muassasalari, tashkilotlar va jamoatchilik bilan hamkorlikda axborot xizmati ko'rsatish
Bizning ijtimoiy tarmoqlar
Kitobxonlarga xizmat ko'rsatuvchi bo'limlar
Markazda quyidagi 4 ta bo'lim kitobxonlarga xizmat ko'rsatib kelmoqda:
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati
- Obonement va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati
- Axborot-bibliografiya xizmati
- Fondni to'ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati
Ko'chma kutubxonalar joylashgan manzillar
Markaz aholi zich joylashgan chekka hududlarda o'z ko'chma kutubxonalarini tashkil etgan:
- 📍 Xiva shahri Nurullaboy majmuasida – Nuroniylar binosida
- 📍 Xiva shahri Kalta minor mahalla – 2-son maktab binosida
- 📍 Xiva shahri Shihlar mahalla – mahalla markazi binosida
- 📍 Xiva shahri Gazchi mahalla – mahalla markazi binosida