100 ta kitob
19-Avg, 2026
Xiva shahar Axborot-kutubxona markazida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa ko‘lamini kengaytirish hamda hududiy kutubxonalar fondini zamonaviy adabiyotlar bilan boyitish maqsadida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan tavsiya etilgan 100 ta kitob asosida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada mazkur ro‘yxatdan o‘rin olgan badiiy, ilmiy-ma’rifiy va turli yo‘nalishdagi kitoblar namoyish etilib, markaz mutaxassislari tomonidan ularning mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda kitobxonlar uchun foydali jihatlari haqida sharhlar berildi.