Ajdodlarimiz jasorati mangu barhayot

08-May, 2026

Ajdodlarimiz jasorati mangu barhayot

Xiva shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda 17-son umumta’lim maktabi hamkorligida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira muqaddas – qadr aziz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilar qalbida Vatanga muhabbat, ajdodlar xotirasiga hurmat hamda keksa avlodga ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida urush va mehnat fronti qatnashchilari xotirasi yod etilib, ularning jasorati va fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi.
Tadbirni maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M. Atadjanova ochib berib, tinchlik va osoyishtalikning qadri, yurt ravnaqi yo‘lida jon fido qilgan insonlarning xizmatlari hech qachon unutilmasligini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbirda o‘quvchilari tomonidan Vatan, tinchlik va xotira mavzusidagi she’rlar ifodali tarzda o‘qildi, sahna ko‘rinishlari hamda kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi. O‘quvchilar ajdodlar xotirasini e’zozlash, yurt tinchligini asrash va vatanparvar bo‘lib voyaga yetish har bir yoshning muqaddas burchi ekanini yana bir bor anglab yetdilar.
Shuningdek, Xiva shahar axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Ajdodlarimiz jasorati mangu barhayot” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etilib, ko‘rgazma yuzasidan sharhlar berildi.
Mazkur tadbir yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini shakllantirish hamda tarixiy xotirani asrab-avaylashga xizmat qiladi.

Orqaga