Bugun Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari shahardagi 17-sonli umumta’lim maktabi qoshidagi “Temurbek”lar maktabining oquvchilari bilan birgalikda 31-avgust “Qatog`on qurbonlari yod etish kuni” munosabati bilan, “Ajdodlarimiz jasorati mangu barhayot” mavzusida, kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, davra suhbati o’tkazdilar. Tadbir davomida xalqimizning ozodligi, milliy qadriyatlari va Vatan ravnaqi yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimizning hayoti va jasorati haqida so‘z yuritildi. Tadbirda ishtirokchilar ajdodlarimizning ibratli hayoti, Vatanga sadoqati va jasoratidan saboq olish, ularning porloq xotirasini abadiylashtirish muhimligi haqida fikr almashdilar. Kitob ko‘rgazmasidan tarixiy asarlar, qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan adabiyotlar o‘rin olgan. Tadbir yosh avlod qalbida tariximizga hurmat, Vatanga muhabbat va ajdodlar xotirasiga ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.