Alpomish

03-Iyn, 2026

Alpomish

🌿 Bolalarning mazmunli va maroqli dam olishi e’tibor markazida

Xiva shahridagi “Alpomish” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi mavsum qizg‘in davom etmoqda. Oromgohda dam olayotgan bolalar uchun qulay sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ularning salomatligini mustahkamlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va maroqli hordiq chiqarishlari uchun turli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, oromgohga tashrif buyurgan bolalar malakali tibbiyot xodimlari tomonidan muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning sog‘lig‘i doimiy nazoratga olinmoqda.

Quvnoq bolalik, sog‘lom avlod va unutilmas taassurotlar maskaniga aylangan “Alpomish” oromgohi yoshlarning sevimli dam olish maskanlaridan biriga aylanmoqda.

Orqaga