Alpomish_bolalar_oromgohida

08-Iyl, 2026

Alpomish_bolalar_oromgohida

Xiva shahar Yangi turmush mahallasida joylashgan "Alpomish" bolalar yozgi dam olish oromgohida Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlarga kitobxonlik madaniyati, mutolaaning inson kamolotidagi beqiyos o‘rni hamda yurtimizda kitobxonlikni rivojlantirish, kitobxonlar safini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Axborot-kutubxona markazi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, kutubxonaga a’zo bo‘lish tartibi hamda yosh kitobxonlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishtirildi.

Orqaga