Amir Temur – buyuk sohibqiron

08-Apr, 2026

Amir Temur – buyuk sohibqiron

Bugun 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida, axborot-kutubxona markaziga qarashli ko‘chma kutubxona mutaxassisi Madaminova Sanobar Tarix fani o‘qituvchisi Norsafarova Zubayda hamda faol o‘quvchilar bilan xamkorlikda,  Amir Temur tavallud kuniga bag‘ishlab, “Amir Temur – buyuk sohibqiron” mavzusida davra suhbati o‘tkazdilar.
Davra suhbatini mazkur maktabning Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari Jasurbek Salayev ochib berdi. 
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, Amir Temurning hayoti va faoliyati, mamlakat va jahon tarixida tutgan o‘rni, uning Vatanga sadoqat namunasiga aylanganligi to`g`risida so`z yuritdilar. 
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Amir Temurga bag‘ishlangan she’rlar, hikmatli so‘zlar va o‘gitlar ifodali tarzda o`qib, faol ishtirok etdilar.
Shuningdek tadbirda “Amir Temur – buyuk shaxs” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mohir sarkarda - Amir Temur hayotini o‘rganishga doir badiiy va ilmiy adabiyotlar namoyish qilindi.

Orqaga