Ayolga ehtirom – jamiyatga ehtirom
06-Mar, 2026
Bugun Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari 20-son umumta’lim maktabi o‘qituvchilar, o‘quvchilar, faol kitobxonlar hamda ota-onalar ishtirokida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Ayolga ehtirom – jamiyatga ehtirom” mavzusida adabiy kecha tashkil etdilar.
Tadbir davomida o‘quvchilar “Vatan” va “Ayol” haqidagi yod olgan she’rlaridan namunalar o‘qib berdilar hamda go‘zal raqslar ijro etdilar.
Shuningdek, tadbirda Axborot-kutubxona markazining mutaxassisi Abdullayeva Manzura o‘z so‘zida bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz tomonidan ayollar uchun yaratilayotgan keng imkoniyat va shart-sharoitlar, zamonaviy ta’lim jarayonlari haqida to‘xtalib o‘tdi. U, shuningdek, 8-mart bayramining yaratilish tarixi, uning mazmun-mohiyati hamda jamiyatimizdagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng o‘quvchi qizlar tomonidan “Bu mening onam” qo‘shig‘i ijro etildi. Tadbir so‘ngida ota-onalar so‘zga chiqib, tadbirni tashkil etgan ustozlarga hamda Axborot-kutubxona markazi xodimlariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda, maroqli tarzda o‘tdi.