Ayollar maskani

02-Iyl, 2026

Ayollar maskani

Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitobxonlikni ommalashtirish va mutolaa madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Unda Ko‘chma kutubxona mutaxassisi  Dilorom Mahmudova “Shihlar” mahallasi fuqarolar yig‘ini faollari bilan hamkorlikda “Ayollar maskani”da kutubxonaga yangi kelgan adabiyotlar yuzasidan kitoblar sharhini o‘tkazdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi yangi adabiyotlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. 
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni tanlab, mutolaa qilish uchun oldilar. Mazkur tashabbus aholi, xususan xotin-qizlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish va ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada boyitishga xizmat qilmoqda.

Orqaga