Xiva shahar Axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida Urganch davlat universiteti Filologiya fakultetining 3-bosqich amaliyotchi talabalari hamda kutubxona xodimlari ishtirokida 26-iyun – xalqaro Giyohvandlikka qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida giyohvandlikning bugungi kunda dunyo miqyosidagi eng dolzarb ijtimoiy muammolardan biri ekani, uning inson salomatligi, oilalar va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida fikr almashildi. Talabalar tomonidan giyohvandlikning ayanchli oqibatlari, yoshlar hayotiga yetkazadigan zarari hamda sog‘lom turmush tarzining afzalliklari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, narkotik vositalar va giyohvandlikka qarshi kurashishda zamonaviy va innovatsion yondashuvlar, profilaktik tadbirlarning ahamiyati hamda yoshlarni turli zararli illatlardan asrash masalalari yuzasidan atroflicha suhbat o‘tkazildi. Davra suhbati yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning huquqiy va ma’naviy bilimlarini oshirish hamda giyohvandlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xissa qo'shishi shubhasiz.