Biz_kitobxon_oilamiz

11-Avg, 2026

Biz_kitobxon_oilamiz

10- avgust kuni O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentliklari tomonidan hamkorlikda  "Biz — kitobxon oilamiz!" tanlovi o'tkazilmoqda.
Bugun Xiva shahar Nuroniylar maskani binosida Axborot kutubxona markazi shahar bo‘limi xodimlari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan tanlovning Xiva shahar bosqichi o'tkazildi.
Tanlovda 20 dan ortiq oilalar vakillari ishtirok etdilar. Tanlovning shahar bosqichi test savollariga javob yozish shaklida o'tkazilib, har bir ishtirokchi tanlov uchun mo'ljallangan 10 ta kitoblardan tuzilgan 35 ta test savoliga javob berdilar. Shahar bosqichida o'rin olgan oilalar ular tomonidan ishlangan test blankasidagi javoblarni hisoblash orqali aniqlanib, yuqori o'rin olgan oilalar viloyat bosqichiga yo'l oldilar.

Orqaga