Bobur – o‘zbek xalqining faxri

15-Fev, 2026

Bobur – o‘zbek xalqining faxri

Bugun Xiva shahridagi turizm texnikumida Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuniga bag‘ishlab “Bobur – o‘zbek xalqining faxri” mavzusida musiqali kecha o‘tkazildi.

Tadbir texnikum kutubxonachisi Madaminova Zuxrajon hamda Xiva shahar axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Mahmudova Dilorom bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Kecha davomida Bobur hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi, she’rlar yod olindi, sahna ko‘rinishlari hamda kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbir yoshlar qalbida milliy g‘urur va ma’naviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Orqaga