Buyuk davlat va siyosat arbobi

30-Yan, 2026

Buyuk davlat va siyosat arbobi

Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari “Ichon-qal’a” davlat muzey-qo'riqxonasi ilmiy xodimlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 88 yilligi munosabati bilan “Buyuk davlat va siyosat arbobi” mavzusida kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil etdilar.

Tadbirda “Ichon-qal’a” davlat muzeyining ilmiy xodimi K. Aminov so‘zga chiqib, Islom Karimov xalqimizning ma’naviy uyg‘onishi, birligi va barqarorligini ta’minlashdagi beqiyos xizmatlarini ta’kidladi. Shuningdek, amalga oshirilgan islohotlarning insonlarning ma’naviy hayotiga qaratilgani qayd etildi.

Tadbir yakunida kitobxonlar birinchi Prezidentimizning boy merosi va xotirasi doimo qalblarda yashashini e’tirof etdilar.

Orqaga