Davlat_tili_Millat_iftixori

20-Okt, 2026

Davlat_tili_Millat_iftixori

 Xiva shahrida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan “Ona tilim — faxrim, g‘ururim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda mehnat faxriylari, nuroniy otaxonlar va onaxonlar, ishlab chiqarish ilgʼorlari, taʼlim, fan va madaniyat namoyandalari ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonodan “Davlat tili-Millat iftixori” mavzusida, o‘zbek tili va adabiyotiga oid nodir manbalar, zamonaviy adabiyotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.
​Xivaning tarixiy muhiti va yangidan qurib bitkazilgan “Madaniyat markazi” manzaralari fonida o‘tgan ushbu bayram tadbiri ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Ushbu kecha ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yana bir bor namoyon etib, yoshlar qalbida vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Orqaga