Davlat_tili_millat_iftixori

21-Okt, 2026

Davlat_tili_millat_iftixori

Bugun Xiva shahar Axborot-kutubxona markazida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan “Davlat tili — millat iftixori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Xiva shahridagi 17-sonli umumta’lim maktabining kitobxon o‘quvchilari, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi M. Eshchanova hamda faol kitobxonlar ishtirok etdilar.
Davra suhbati davomida o‘zbek tilining boy tarixi, betakror jozibasi, milliy qadriyatlarimiz va ma’naviy merosimizni asrab-avaylashdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ona tilimizning sofligini saqlash, adabiy til me’yorlariga rioya etish, nutq madaniyatini yuksaltirish hamda yosh avlod qalbida ona tiliga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, o‘quvchilar o‘zbek tilining millat hayotidagi ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirib, ona tilini e’zozlash va uni kelajak avlodlarga boy meros sifatida yetkazish borasidagi mulohazalarini o‘rtoqlashdilar.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini mustahkamlash, ona tiliga hurmatini oshirish va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Orqaga