“Dolzarb 90 kun” doirasidagi festivalda kitob ko‘rgazmasi katta qiziqish uyg‘otdi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Xiva shahar Madaniyat bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan “Mustaqillik to‘yi” festivalida Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etdi. Tadbir davomida Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Ilmdan yaxshiroq xazina bo‘lmas” mavzusida mazmunli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada Vatan tarixi, milliy qadriyatlar, maʼnaviyat, maʼrifat hamda badiiy adabiyotlarga oid kitoblar namoyish qilinib, festival ishtirokchilariga mutolaaning ahamiyati, kitobning inson maʼnaviy kamolotidagi o‘rni haqida maʼlumotlar berildi. Kitob ko‘rgazmasi yoshlar va keng jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otib, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yana-da oshirishga xizmat qildi