Faxr va iftixor tuyg‘ulari

02-Iyl, 2026

Faxr va iftixor tuyg‘ulari

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi tomonidan yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, davlat ramzlariga hurmat hamda milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida Xiva shahar “Kelajak" markazida ustoz-murabbiylar va o‘quvchi yoshlar ishtirokida “Faxr va iftixor tuyg‘ulari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining yaratilish tarixi, unda aks etgan Humo qushi, quyosh, paxta va bug‘doy boshoqlari, vodiylar, daryolar hamda sakkiz qirrali yulduz kabi ramzlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Davlat gerbi mustaqil O‘zbekistonning suvereniteti, tinchligi, farovonligi va milliy birligining muqaddas timsoli ekani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi rahbari Sh.Atayeva yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning qiziqish va takliflari bilan yaqindan tanishdi hamda zarur tavsiya va maslahatlar berdi.
Mazkur tadbir yoshlarning huquqiy va ma’naviy bilimlarini boyitish, ularda vatanparvarlik, milliy g‘urur hamda davlat ramzlariga yuksak hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Orqaga