Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan hadis ilmining sultoni, buyuk alloma Imom al-Buxoriy tavalludining 1216 yilligi munosabati bilan shahardagi "Everest" o‘quv markazida kitobxon o‘quvchilar ishtirokida "Hadis ilmining mutafakkiri" mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etilib, davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir davomida Imom al-Buxoriyning boy ilmiy merosi, hadis ilmi taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi, shuningdek, yosh avlodni milliy va diniy qadriyatlarga hurmat, ma’naviy poklik hamda ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalashdagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi. Suhbat jarayonida kitobxon o‘quvchilar allomaning hayoti va ilmiy faoliyatiga oid qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishdilar. Tadbir savol-javoblar, fikr almashuvlar va mazmunli munozaralar ruhida o‘tib, ishtirokchilarda Imom al-Buxoriy merosiga bo‘lgan qiziqish va hurmatni yanada mustahkamladi.