Buyuk vatandoshimiz, hadis ilmining yetuk namoyandasi, mashhur alloma Hakim at-Termiziy tavalludining 1200 yilligi munosabati bilan Xiva shahar Axborot-kutubxona markaziga qarashli ko‘chma kutubxonada “Hakim Termiziy — buyuk ma’rifatparvar alloma” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda faol kitobxonlar hamkorligida tashkil etildi. Unda buyuk allomaning hayoti va ilmiy faoliyati, hadis ilmi rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, asarlari hamda boy ma’naviy merosi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar Hakim at-Termiziy qoldirgan ilmiy meros bilan tanishib, asarlaridan namunalar o‘qidilar. Shuningdek, alloma hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitob-ko‘rgazma tashkil etilib, kitobxonlarga tavsiyalar berildi.