ichki_turizm_kuni

09-Iyl, 2026

ichki_turizm_kuni

Ichki turizm kuni munosabati bilan Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan Ichan-Qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasining Allomalar muzeyida rahbar va yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda yoshlarga Xivaning boy tarixiy-madaniy merosi, jahon tamaddunidagi o‘rni hamda ajdodlarimiz qoldirgan bebaho ma’naviy meros haqida atroflicha ma’lumot berildi. Uchrashuv davomida tarixiy obidalarni asrab-avaylash, ichki turizmni rivojlantirish va milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbirda Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi rahbari Sh.Atayeva yoshlarni qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari bilan birgalikda atroflicha javob berdi. Tarixiy merosni asrash va kelajak avlodga yetkazish borasidagi fikr-mulohazalar bildirdi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning tarixiy bilimlarini mustahkamlash, Vatanga sadoqat tuyg‘usini yuksaltirish hamda mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan ezgu maqsadlarni keng targ‘ib etishga xizmat qildi.

Orqaga