Ilmdan yahshiroq xazina bo’lmas

07-May, 2026

Ilmdan yahshiroq xazina bo’lmas

Kitob maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin do'st va bebaho bo'ylik hisoblanadi. Millatning ma'naviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabat, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosabat hissa qo'shgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning hammasi kitob mutalasidir. Shu bois yurtimizda aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilyapti.
Bugun Xiva shahar Olimpiya va milliy sport turlari bo’yicha Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida shahar hokimi Temur Ismoilovich Davlatov boshchiligida shahardagi barcha tashkilot rahbarlari hankorlikda yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi.
Mazkur tadbir davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Sport musobaqalari esa yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tadbirda Xiva shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari “Ilmdan yahshiroq xazina bo’lmas” mavzusida kitoblar ko’rgazmasi tashkil qildilar.
Ko’rgazmaga o’zbek adiblarining nodir asarlari, fan sohalariga oid kitoblar va  bolajonlar uchun ertak va hikoyalar namoyish qilindi. 
Tadbirga tashrif  buyurgan kitobxonlar ko`rgazmadagi kitoblar bilan yaqindan tanishdilar

Orqaga