Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga tashrif

26-Avg, 2026

Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga tashrif

Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirish, aholiga zamonaviy Axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi hamkorlik tashrifi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida tashkil etilib, markaz mutaxassislari tomonidan shartnoma asosida buyurtma qilingan yangi adabiyotlar tashkilot xodimlariga yetkazib berildi.

Tashrif davomida markaz xodimlari Axborot-kutubxona markaziga a’zo qilinib, ularga kutubxonaning an’anaviy va elektron xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Bunday hamkorliklar aholining kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish va zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Orqaga