Insoniyat_tarixi_qadriyatlari_va_madaniy_merosi_qoʻriqchisi

28-Sen, 2026

Insoniyat_tarixi_qadriyatlari_va_madaniy_merosi_qoʻriqchisi

Xiva shahar axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan ichki turizmni rivojlantirish, yoshlar va kitobxonlarda milliy tariximiz, qadimiy obidalarimiz hamda boy madaniy merosimizga bo‘lgan qiziqish va hurmatni yanada oshirish maqsadida "Ichon-qal’a" davlat muzey-qo‘riqxonasiga ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

“Insoniyat tarixi, qadriyatlari va madaniy merosi qo‘riqchisi” shiori ostida o‘tkazilgan sayohatda kitobxon o‘quvchilar Xivaning qadimiy tarixi, bebaho madaniy boyliklar, me’moriy yodgorliklar va tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishdilar.

Sayohat davomida tarixiy obidalarning bunyod etilish tarixi, ularning xalqimiz hayotidagi o‘rni va bugungi kundagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.

Mazkur ma’rifiy tadbir yoshlarning tarixiy merosimizga hurmatini yanada oshirib, qadimiy obidalarni asrab-avaylash mas’uliyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

Orqaga