Jaloliddin Manguberdi – mardlik va sadoqat timsoli

16-Apr, 2026

Jaloliddin Manguberdi – mardlik va sadoqat timsoli

Xiva shahar axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi tavalludining 827 yilligiga bag‘ishlab, “Jaloliddin Manguberdi – mardlik va sadoqat timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda shahardagi Xorazm pedagog “Mahorat maktabi”ning rahbari S. Rasulov va kutubxonachi tinglovchilar, 13-son umumta’lim maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari hamda faol kitobxonlar ishtirok etdilar.
Tadbirni axborot-kutubxona markazi direktori Sh. Atayeva kirish so‘zi bilan ochib berib, Jaloliddin Manguberdi – ona yurt himoyachisi, jasur sarkarda va davlat arbobi, tariximizda o‘chmas iz qoldirgan milliy qahramon to`g`risida malumot berdi.
Tadbir davomida adabiyot fani o‘qituvchisi R. Atajanova so‘zga chiqib, ajdodlarimizning buyuk qahramonliklari haqida so‘z yuritib, Jaloliddin Manguberdi va Amir Temur kabi buyuk sarkardalarning jasorati va tarixdagi o‘rni haqida to‘xtalib, yurtimizning boy tarixi va ulug‘ allomalari bilan faxrlanish lozimligini, shuningdek, Jaloliddin Manguberdi Xorazmshohlar sulolasining so‘nggi buyuk vakillaridan biri sifatida tarixda o‘chmas iz qoldirganini qayd etdi. S. Rasulov vatanimizning ming yillik tarixi el-yurtimizni bosqinchi, yovuz kuchlardan himoya qilish, millatimizning erkinligi va or-nomusini asrash yo‘lidagi buyuk voqealarni, bu kurashlarda jasorat va mardlik ko‘rsatgan buyuk shaxslarning nomlarini asrlar davomida avlodlar xotirasida abadiy saqlab kelmoqda deya ta`kidladi. 
Tadbirda o‘quvchilar Jaloliddin Manguberdi haqidagi tarixiy-badiiy asarlardan parchalar va she’rlar o‘qib berdilar, shuningdek, o‘zlari sevgan qo‘shiqlarga raqsga tushdilar.
Tadbir yakunida axborot-kutubxona markazi ma’muriyati tomonidan faol ishtirok etgan o‘quvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Orqaga