#Keksalar_ortasida_shaxmat_va_shashka_musobaqasi_tashkil_etildi

10-Okt, 2026

#Keksalar_ortasida_shaxmat_va_shashka_musobaqasi_tashkil_etildi

Mamlakatimizda oktabr oyida o‘tkazilayotgan "Keksalar oyligi" doirasida Xiva shahar Axborot-kutubxona markaziga qarashli ko‘chma kutubxonada mahallalarda istiqomat qiluvchi keksa yoshdagi fuqarolar ishtirokida shaxmat va shashka musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zaro bellashib, aql-zakovat, mantiqiy fikrlash va strategik yondashuv borasidagi mahoratlarini namoyon etdilar. Samimiy muloqot va do‘stona raqobat ruhida o‘tgan tadbir keksalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Zero, keksalarni e’zozlash, ularning hayotiy tajribasi va donishmandligini qadrlash, mazmunli hordiq chiqarishlari uchun sharoit yaratish — milliy qadriyatlarimizning muhim ifodasidir.

Orqaga