Kitob-aqlning ozuqasi

20-Mar, 2026

Kitob-aqlning ozuqasi

Onalarimizning, farzandlarimizning bilim olishga bo’lgan ishtiyoqi kitobga bo’lgan mehri qanchalar kuchli bo’lsa, ularning madaniyati, ma’naviyati ham tobora yuksalib boraveradi. Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Xiva shahar bo’linmasi, Xiva shahar Oila va xotin-qizlar bo’lim  bilan har oyning 17-sanasi “Kitobxon onalar kuni” etib belgilangan va ushbu maʻnaviy-maʻrifiy tadbir har oy o'tkazib kelinmoqda. Bugun  Xiva shahar Axborot-kutubxona markzining o’quv zalida  “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan mahalla faol ayollari ishtirokida kitob mutolaasini targ`ib qilishga qaratilgan “Kitob-aqlning ozuqasi” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi. Davra suhbatida shahardagi “Lolazor” mahallasi “Olmazor” ko’chasi 11-uyda yashovchi Masharipova Zebo hamda “Gulshan2” mahallasi “Omadli” ko’cha 120-uyda yashovchi Nazarova Quvonch  opalar nabiralari axborot-kutubxona markazining xodimlari hamda faol kitobxonlar ishtirok etdilar.  
Tadbirda Xiva shahar axborot-kutubxona markazining bibliogrifi Mashripova Xosiyat  o’z so’zida;- kitob mutolaasi kishini komillik sari yetaklaydigan, uning tafakkur xazinasini boyitadigan, zehnini o’tkir, mushohadasini teran qiladigan muhim vositadir. Insoniyat tomonidan kashf qilingan eng buyuk ixtiro, hech shubhasiz, kitobdir.  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev har bir chiqishlarida yoshlarimizni kitobxonlikka o’rgatish, bu ishga ijodkorlarni jalb etish haqida ta’kidlaydi. Zero, navqiron avlodni boy ma’naviy merosimiz bilan tanishtirish, ular qalbida tariximizga muhabbatni uyg’otishda kitob beqiyos ahamiyatga ega,– deya tadbirni ochib berdi. Tadbirda  Nazarova Quvoch opa so’zga chiqib,“Kitob – insonning erkin fikrlashi, dunyoqarashining kengayishi, aqlan yetuk bo‘lishi, ma’naviyatining shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi. Kitob o‘qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyib yetuklik sari ildamlayveradi. Kitob o‘qimagan insonning ongi esa ma’naviy qashshoqligicha qolaveradi”, – deya ta’kidlab o`tdi.

Orqaga