Kitob — bilim manbai

22-May, 2026

Kitob — bilim manbai

Xiva shahar Axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Kitob — bilim manbai” mavzusida kitobxonlik kechasi tashkil etildi. Tadbirda shahrimizdagi 20-son umumta’lim maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari, Axborot-kutubxona markazi xodimlari,  “yosh ijodkorlar” klubi a’zolari hamda faol kitobxon yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda kitobning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni, yoshlarni ilm-ma’rifat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, mutolaa inson tafakkurini boyitishi, dunyoqarashini kengaytirishi va komil inson bo‘lib voyaga yetishida muhim omil ekani alohida ta’kidlandi.
O‘quvchilar tomonidan kitob va ilm-fanni madh etuvchi she’rlar o‘qildi, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi hamda sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi. Ayniqsa, kitobxonlikning yoshlar hayotidagi o‘rni aks etgan chiqishlar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir yoshlarning kitobga bo‘lgan mehrini yanada oshirish, ularni mutolaaga keng jalb etish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.

Orqaga