Kitob – millatning madaniy va ma’naviy merosi

24-Fev, 2026

Kitob – millatning madaniy va ma’naviy merosi

Bugun Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida “Kitob – millatning madaniy va ma’naviy merosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida jadidchilik harakatining yirik namoyandalari ma’rifatparvar ajdodlarimizning millat ravnaqi yo‘lida amalga oshirgan ezgu ishlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ularning ilm-ma’rifatni targ‘ib etish, yangi usul maktablarini tashkil qilish va darsliklar yaratish borasidagi xizmatlari alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbir doirasida jadid adabiyotiga oid kitoblardan "Millat oydinlari" mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etilib, ishtirokchilarga tavsiya etildi. O‘quvchilar va yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar hamda mutolaaning inson kamolotidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.

Tadbirning asosiy maqsadi kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlar qalbida mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda jadid mutafakkirlari hayoti va ijodini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Orqaga