Kitob o‘qigan inson – o‘zini anglagan insondir

26-Mar, 2026

Kitob o‘qigan inson – o‘zini anglagan insondir

Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Everest” o‘quv markazida yangi kitoblardan “Kitob o‘qigan inson – o‘zini anglagan insondir” mavzusida kitoblar ko`rgazmazsi tashkil etildi. 
Ko‘rgazmadan o‘rin olgan asarlar yuzasidan kutubxona mutaxassislari tomonidan atroflicha sharhlar berilib, har bir kitobning mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati va o‘quvchi ongiga ta’siri haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Mazkur ko`rgazmada yoshlar, xususan amaliyotchi talabalar ishtirok etdi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyati, kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni, shaxsiy rivojlanishdagi ahamiyati borasida fikrlar almashildi.

Orqaga