Kitob tafakkur xazinasii

19-Iyn, 2026

Kitob tafakkur xazinasii

Kitob insoning eng bebaho boyliklaridan biri hisoblanadi. U asrlar davomida to’plangan bilim, tajriba va xikmatlarni avloddan avlodga etkazib kelmoqda. Kitob insoning dunyoqarashini kengaytiradi, fikrlash qobiliyatini oshiradi va ma’naviy kamolatga etaklaydi.
Shu bois yurtimizda aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilyapti.
Xiva shahar Olimpiya va milliy sport turlari bo’yicha Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Xorazm viloyat I.I.B.o`rinbosari R.E.Eshniyazov shahardagi barcha tashkilot rahbarlari hankorlikda yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi.
Mazkur tadbir davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Sport musobaqalari esa yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tadbirda Xiva shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari “Kitob tafakkur xazinasi” mavzusida kitoblar ko’rgazmasi tashkil qildilar.
Ko’rgazmaga ijtimoiy siyosiy adabiyotlar, o’zbek adiblarining nodir asarlari, fan sohalariga oid kitoblar va bolajonlar uchun ertak va hikoyalar namoyish qilindi.
Tadbirga tashrif  buyurgan kitobxonlar ko`rgazmadagi kitoblar bilan yaqindan tanishdilar.

Orqaga