Xiva shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targʻib qilish va yoshlarning mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida chekka xududda tuman bilan chegaradosh "Angarik" mahallasida yashovchi yoshlar bilan “Kitob aqlning ozuqasi” mavzusida kitob targʻiboti tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda yoshlarga badiiy adabiyotlar tavsiya etildi, kitob oʻqishning inson kamolotidagi oʻrni haqida suhbat olib borildi. Yoshlar oʻzlari sevib mutolaa qilgan kitoblari haqida fikr almashib, yangi kitoblar bilan tanishdilar. Tadbirning asosiy maqsadi kitobga boʻlgan qiziqishni oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda yoshlarni doimiy kitob oʻqishga undashdan iborat boʻldi. Kitob – maʼnaviyat, bilim va yuksalish sari yetaklovchi eng yaqin hamroh ekani alohida taʼkidlandi.