Kitob_bilim_manbai

15-Yan, 2026

Kitob_bilim_manbai

Kitob — inson tafakkurining sodiq hamrohidir. U asrlar osha sayohat qilib, undagi ma’naviy xazina va donishmandlikni avloddan avlodga yetkazadi.

Shu maqsadda Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari aholi va yoshlar o‘rtasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, kitobga mehr uyg‘otish yo‘nalishida “Kitob — bilim manbai” mavzusida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdilar.

Tadbirlar davomida ishtirokchilar kutubxona fondidagi turli adabiyotlar bilan tanishtirildi, kitob o‘qishning inson tafakkuri va dunyoqarashini boyitishdagi o‘rni haqida suhbatlar olib borildi.

Kutubxonachilar sifatida bizning asosiy vazifamiz — kitob javonlarini ko‘paytirish emas, balki kitobxonlar safini kengaytirish, o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishdir.

Orqaga