Xiva shahar Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchi hamda o‘quvchilari Xiva shahar Axborot-kutubxona markaziga sayohat uyushtirdilar. Tashrifdan asosiy maqsad o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy va ilmiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida o‘quvchilar kutubxonaning bo‘limlari, kitob fondi hamda markazda tashkil etilgan kitob ko‘rgazmalari bilan tanishdilar. Ularga kutubxonadan foydalanish tartibi, mavjud adabiyotlar va kitob mutolaasining ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Bunday ma’rifiy tadbirlarning muntazam tashkil etilishi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, bilim va dunyoqarashini kengaytirish hamda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.