Kitobim – oftobim

18-Apr, 2026

Kitobim – oftobim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 9-son qaroriga asosan, joriy yilning 13–17-aprel kunlari “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning yakuniy kuni Xiva shahar axborot-kutubxona markazida “Kitobim – oftobim” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tadbirda umumta’lim maktablari o‘qituvchilari va o‘quvchilari, madaniyat xodimlari hamda faol kitobxonlar ishtirok etdilar.
Axborot-kutubxona markazi ma’muriyati tomonidan hafta davomida o‘tkazilgan turli tadbirlarda faol ishtirok etgan kitobxon o‘quvchilar va mehmonlarga chuqur minnatdorchilik bildirildi. Shuningdek, “haftalik yakunlansa ham, kitobga muhabbat va kitobga bo‘lgan ehtiyoj hech qachon tugamasin, barchamizni kitob bilan do‘st bo‘lib qolishga chorlaymiz”, deya ta’kidlandi.
Tadbir so‘nggida yosh kitobxonlar tomonidan she’rlar, sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar namoyish etilib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Orqaga