Kitobsevarlar bayrami

15-Yan, 2026

Kitobsevarlar bayrami

Joriy yilning 13-yanvar kuni
Xorazm viloyati hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limlari hamkorligida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Kitobsevarlar bayrami” loyihasi doirasida viloyat markazida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etdilar.
Dastur doirasida voha adiblari, jurnalistlari va olimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, kitoblar yarmarkasi va savdosi, nashriyotlar ko‘rgazmalari tashkil etildi, yosh ijodkorlarning chiqishlari namoyish etildi.

Shuningdek, ijodkorlar va kitobxonlar o‘rtasida erkin muloqot muhitini yaratilib, ishtirokchilar mualliflar kitoblaridan xarid qilib, ulardan esdalik uchun dasxat oldilar. Tadbirda faol qatnashganlarga, kitob savdosini namunali tashkil etganlarga va mutolaa madaniyatini yuksaltirishga hissa qo‘shayotgan fidoyilarga esdalik nishonlari hamda kitob sovg‘alari topshirildi.

Orqaga