Kitobxon onalar kuni6

16-Iyn, 2026

Kitobxon onalar kuni6

Kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, aholi o‘rtasida kitobga bo‘lgan muhabbatni yanada oshirish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xiva shahar bo‘linmasi hamda Xiva shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan har oyning 17-sanasi “Kitobxon onalar kuni” etib belgilangan bo‘lib, ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir muntazam ravishda har oy o‘tkazib kelinmoqda.
Shu munosabat bilan Xiva shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Chanashik” va “Do‘stlik” mahallalarida istiqomat qiluvchi yosh kitobxon onalar — Matyaqubova Dinora va Ayezova Maftuna, Urganch davlat universiteti Filologiya fakultetining amaliyotchi talabalari, hamda faol kitobxonlar ishtirokida “Har bir oilaga ma’rifat ulashamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan yozuvchi O‘tkir Hoshimovning asarlari va yangi adabiyotlar taqdimoti o‘tkazilib, ushbu kitoblarni mutolaa qilish tavsiya etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad xotin-qizlar, ayniqsa uy bekalari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, kitobxon onalar safini ko‘paytirish hamda bu orqali farzandlar tarbiyasida kitobning o‘rni va ahamiyatini yanada mustahkamlashdan iboratdir.

Orqaga