O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 9-son qaroriga asosan, joriy yilning 13–17-aprel kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobxonlik haftaligi”ni o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan bugun Xiva shahar axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostidagi VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimiga bag‘ishlab, “Ilmdan yaxshiroq xazina bo`lmas” mavzusida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xiva shahar bo`limi rahbari Leninza Atajanova, “Xiva tongi” gazetasining bosh muharriri Sherjon aka Masharipov, “Nuroniylar” jamg‘armasi raisi Quronboy ota Xoliqov, faxriy nuroniy otaxonlar, 1; 17-son umumta’lim maktabi o‘quvchilari, “Mevaston” va “Gulhan” mahallalaridan kitobxon onalar, Madaniyat bo‘limi san’atkorlari hamda faol kitobxonlar bilan hamkorlikda tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xiva shahar bo`limi rahbari Leninza Atajanova ochib berdi. Tadbirda nuroniy otaxonlar o`z tajribalaridan kelib chiqib, yoshlarga kitob o'qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan keng foydalanishlari, kitob o`qishning ahamiyati to`g`risida o`zlarining fikr va mulohazlarini bildirdilar. Tadbir davomida o`quvchilar, kitob haqida she’rlar o‘qib, hamda Ona vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etdilar. Ayniqsa jajji o‘quvchilar o‘zlarining raqslari bilan davraga yanada fayiz bag‘ishladilar.