Kitobxonlik_oiladan_boshlanadi
20-Avg, 2026
Kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, aholining kitobga bo‘lgan mehrini yanada oshirish, kitobxon onalar safini kengaytirish hamda mahalla aholisining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida har oyning 17-sanasi “Kitobxon onalar kuni” etib belgilangan. Mazkur ma’naviy-ma’rifiy loyiha muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Navbatdagi tadbir doirasida Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari “Guliston” mahallasida istiqomat qiluvchi Muhabbat Ibragimova xonadonida bo‘lib, oila a’zolarining kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida xonadon egalariga, ayniqsa, farzandlar uchun mo‘ljallangan yangi adabiyotlar, ularning mazmun-mohiyati va tarbiyaviy ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.