Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi
14-Sen, 2026
Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi tomonidan Xiva shahridagi 17-son umumta’lim maktabida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Axborot-kutubxona markazi xodimlari, hamkor tashkilotlar vakillari hamda ustozlar va o'quvchilar ishtirok etib, korrupsiyaning oldini olish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Davra suhbatida korrupsiya nafaqat iqtisodiy rivojlanishga, balki jamiyatdagi adolat va ishonch muhitiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlandi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda faqatgina tegishli tashkilotlarning emas, balki har bir fuqaroning mas’uliyati muhim ekani qayd etildi. Ayniqsa, yosh avlodda halollik, vijdonlilik, qonunlarga hurmat va adolat tamoyillariga sodiqlik kabi fazilatlarni shakllantirish dolzarb vazifalardan biri ekanligi bildirildi.