Kutubxona — ma’naviyat maskani

30-Yan, 2026

Kutubxona — ma’naviyat maskani

Prezidentimiz tomonidan 2026-yil 15-yanvarda "Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o'rtasida kitob o'qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaror qabul qildi. Qarorga binoan, aholi o'rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, kutubxonalar va ta’lim dargohlarini kasbiy hamda sohaviy adabiyotlar bilan ta’minlash maqsadida bir qator muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur qaror ijrosi doirasida Xiva shahar axborot-kutubxona markazida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Xiva shahar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda “Kutubxona — ma’naviyat maskani” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida kitob o‘qish madaniyatini yuksaltirish, mutolaaning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida atroflicha fikrlar bildirildi. Shuningdek, kitobxonlik insonning ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim omil ekani ta’kidlandi.

Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari kitob mutolaasining kasbiy faoliyatdagi ahamiyati haqida to‘xtalib, Prezidentimizning kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan mazkur qarori yuzasidan ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berib o‘tdilar.

Orqaga