Bugun Xiva shahar Axborot-kutubxona markaziga shahardagi 17-son maktabining o‘quvchilari tashrif buyurishdi. Ular axborot-kutubxona markazida tashkil qilingan turli mavzulardagi "Kitob ko‘rgazmalari” hamda kutubxona kitob fondidagi kitoblar hamda o`lkashunoslik muzeyi bilan yaqindan tanishdilar. Kutubxona xodimlari o‘quvchilarga kutubxonadan foydalanish qoidalari to`g`risida ma`lumotlar berdilar. Bunday kutubxonada bo`lgan sayohatlar har-bir o‘quvchilarning qalbida chuqur taassurot qoldiradi desak amubolag`a bo`lmaydi