Bugun Xiva shahar Axborot-kutubxona markazida Abu Ali Ibn Sino nomidagi Xiva jamoat salomatligi texnikumi talabalari kutubxona bilan tanishuv sayohati tashkil etildi. Tadbir davomida talabalarni jamoamiz nomidan, bugungi O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37-yillik bayrami bilan tabriklab, Ona tilimiz-ajdodlardan qolgan bebaho merosligi uni asrash, e’zozlash va kelajak avlodlarga sof holda yetkazish har birimizning sharafli burchimiz ekanligi ta`kidlandi. Shuningdek, kitob mutolaasining inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy kamolotini yuksaltirishdagi o‘rni haqida fikrlar almashildi. Sayohat davomida, kutubxonaning kitob fondi, o‘quv zali va mavjud adabiyotlar bilan tanishdilar va talabalarni kutubxonaga a’zo qilinib, ularga kitob fondidan foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Sayohatdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularni kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda ilmiy, badiiy va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Bunday tadbirlar yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.