Lazgi — Xorazm vohasining qadimiy, jo‘shqin va o‘ziga xos xalq kuyi hamda raqs san’ati bo‘lib, o‘zbek madaniyatining durdonasi hisoblanadi. U o‘zining nozik harakatli qo‘llar, yelkalar tebranishi va o‘ziga xos hissiyotli ijrosi bilan ajralib turadi. 2019-yilda UNESCOning nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan. Bu yilgi festivalda dunyoning 30 dan ortiq davlatidan 300 nafardan ziyod ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda. Xiva shahar Axborot kutubxona markazi xodimlari shahardagi “Faravon” mehmonxonasida 2026-yilning 27-28-aprel kunlari Xiva shahrida o`tkazilayotgan “Lazgi” III Xalqaro raqs festivali doirasida “Jahon madaniy taraqqiyotida raqs san'ati: an'ana va umumbashariy qadriyatlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o`tmoqda. Ushbu anjumanda Xiva shahar va tuman axborot-kutubxona xodimlari kitoblar ko`rgazmasi bilan ishtirok etdilar. Ko`rgazmada yurtimiz tarixi, madaniyati, san`atiga va san`atkorlar ijodiga oid adabiyotlar namoish qilindi. Konferensiyani tashkil etishdagi amaliy yordami uchun Xiva shahar va Xiva tuman Axborot kutubxona markazilari TASHAKKURNOMA va SERTIFIQAT bilan tagdirlandilar.