Mahalla_obodligi_yoʻlida

26-Avg, 2026

Mahalla_obodligi_yoʻlida

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xiva shahar Kengashi tashabbusi bilan Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Yangi turmush” mahallasida obodonlashtirish va tozalik aksiyasi tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasi faollari, Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari, mahalla faollari hamda ko‘ngilli fuqarolar faol ishtirok etib, hududning obodligi va tozaligini ta’minlashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Aksiya davomida mahalla hududidagi piyodalar yo‘laklari supurib-sidirildi, yo‘l chetlari hamda tomorqalarda o‘sib ketgan begona o‘tlar tozalanib, hudud tartibga keltirildi.

Bunday hamkorlikdagi ezgu tashabbuslar mahalla ko‘rkini yanada oshirish bilan birga, aholida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mehr va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.

Zero, toza va obod mahalla — sog‘lom muhit, farovon hayot va go‘zal kelajak garovidir!

Orqaga