Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili

23-Fev, 2026

Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili

Ma’lumki, 2026-yil mamlakatimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi mahalla institutining jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Shu munosabat bilan Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi tomonidan  shahridagi "Tozabog'" mahalla fuqarolar yig'ini binosida “Vatan mahalladan boshlanadi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda kutubxona xodimlari, mahalla faollari hamda yoshlar faol ishtirok etib, mahallaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, aholi o‘rtasida hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlashdagi ahamiyati haqida fikr almashdilar.

Davra suhbatida Axborot-kutubxona markazi xodimlari X. Masharipova va M. Abdullayeva so‘zga chiqib, mahallaning inson hayotidagi ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati, yoshlar tarbiyasidagi o‘rni hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi roli haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

Shuningdek, ishtirokchilar mahalla faoliyatiga oid ilmiy va ommabop adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Tadbir yakunida qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar.

Orqaga