Manaviyat_va_zamonaviylik

13-Avg, 2026

Manaviyat_va_zamonaviylik

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyundagi 59-sonli buyrugʻi hamda “Iyun–avgust oylarida payshanba – “Yoshlar kuni” loyihasi doirasida tasdiqlangan chora-tadbirlar reja-grafigi” ijrosini taʼminlash maqsadida Xiva shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Xiva shahridagi “Everest” o‘quv markazida yoshlar ishtirokida “Ma’naviyat va zamonaviylik” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbirda markaz direktori Sh. Atayeva ma’naviyat va zamonaviylik tushunchalarining mazmun-mohiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ma’naviyat insonning ichki va tashqi dunyosi, ezgu maqsadlari va yuksak fazilatlarini namoyon etsa, zamonaviylik yangilikka intilish, ilm-fan va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda dunyoqarashni kengaytirishni anglatishi ta’kidladi.

Shuningdek, yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi, kitob mutolaasiga qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash va yangilikka intilish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga sadoqat, ezgulik va ma’naviy barkamollik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularni zamonaviy kasb egallashda mustaxkam bilim muhim ahamiyat kasb etish togriida  ta`kidlandi.

Orqaga