Matbuot — jamiyat ko‘zgusi

27-Iyn, 2026

Matbuot — jamiyat ko‘zgusi

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Xiva shahar Axborot-kutubxona markazida “Matbuot — jamiyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda “Xiva tongi” gazetasi ijodiy jamoasi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti talabalari, mahalla faollari hamda kitobxonlar ishtirok etdi.
Tadbirda “Xiva tongi” gazetasi bosh muharriri Sherjon Masharipov matbuotning jamiyat taraqqiyoti va jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi o‘rni, jurnalist mas’uliyati hamda yoshlarni sohaga qiziqtirishning ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Z. Rahimova esa kundalik hayotdagi voqea va xodisalarni matbuot orqali yoritish masalalariga to‘xtaldi.
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbir davomida talabalar jurnalistika sohasiga oid savollariga javob olib, matbuot va axborot sohasiga qiziqishini oshirishga xizmat qildi.

Orqaga