Men nechun sevaman O'zbekistonni
16-Mar, 2026
O'quvchi yoshlar o'rtasida davlat ramzlariga bo'lgan xurmatni hamda g'urur va iftixor tuyg'ularini shakillantrish maqsadida Xiva shahar axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni, iste’dodli shoir, tarjimon va jamoat arbobi, XX asr o‘zbek adabiyoti va she’riyatining taniqli vakili hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi matni muallifi Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlab “Men nechun sevaman O'zbekistonni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi davlat ramzlari va uning ahamyati xaqida tushuntrish berildi.
Shuningdek, shoirning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, undagi asarlar haqida sharh berildi. Davra suhbatida ishtirok etgan talabalar shoirning hayoti va ijodi haqida fikr bildirib, uning she’rlaridan namunalar ifodali tarzda o‘qib berdilar.