🎓14-may kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabida taniqli shoira, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Sayyora Samandarning “Men soʻzman” kitobi taqdimoti hamda “Munosib vorislar” toʻgaragining hisobot tadbiri boʻlib oʻtdi.
📚Tadbirda vohamizning taniqli ijodkorlari, Xiva shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari, adabiyot ixlosmandlari, ustozlar va yosh ijodkorlar ishtirok etib, she’riyat, ijod va adabiyotning ma’naviy hayotimizdagi o‘rni haqida samimiy fikr-mulohazalar bildirdilar.
🎙 “Munosib vorislar” to‘garagi a’zolari tomonidan she’rlar, badiiy chiqishlar va ijodiy namoyishlar taqdim etildi. Yosh ijodkorlarning iste’dodi va ijodiy izlanishlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
✨Adabiy ruh va samimiy muhitda o‘tgan ushbu tadbir barchaga unutilmas taassurot ulashdi.