Millat_oydinlari_bilimdon_yoshlar_bellashuvi

24-Sen, 2026

Millat_oydinlari_bilimdon_yoshlar_bellashuvi

Bugun Xiva shahar Axborot-kutubxona markazida yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz hamda buyuk ajdodlarimizning boy ijodiy merosiga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Millat oydinlari” mavzusida “Viktorina” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Unda 17-son umumta'lim maktabining adabiyot fani o‘qituvchisi M. Eshchanova hamda kitobxon o‘quvchilar ishtirok etdi.

Bellashuvda o‘quvchilar “Bilimdonlar”, “Zukkolar”, “Do‘stlik” va “Epchillar” jamoalariga bo‘linib, qiziqarli savol-javoblar, bahs va munozaralarda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Zukkolar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

G‘olib va faol ishtirokchilar Axborot-kutubxona markazi ma’muriyati tomonidan Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Mazkur intellektual bellashuvlar yoshlarni kitobxonlikka, izlanishga va milliy-ma’naviy merosimizni chuqur o‘rganishga undaydi.

Orqaga